date
views 647

Ukraina raketalari Qrimda turgan Rossiya harbiy samolyotlarini yo‘q qildi

Ukraina raketalari Qrimda turgan Rossiya harbiy samolyotlarini yo‘q qildi
Foto: Maxar Technologies
Ukraina raketalari Qrimdagi Rossiya harbiy samolyotlarini yo‘q qilgan. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, juma kuni sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar Ukraina raketalari Qrimdagi nishonga muvaffaqiyatli urilganini tasdiqlagan. Qrimda Rossiyaning kamida uchta harbiy samolyoti yo‘q qilingani ma’lum qilingan.

Oldinroq Rossiya Mudofaa vazirligi 15—16 may kunlari AQSH tomonidan yetkazib berilgan 15 ta ATACMS raketalari ruslar tomonidan tutib olinganini bildirgan edi. Raketalar hech qanday tuzilmaga zarar yetkazmagani bildirilgan. Qrimdagi Sevastopol shahri gubernatori Mixail Razvojayev ham 15 may kuni Rossiya havo mudofaa tizimlari Belbek aerodromi ustida Ukraina raketalarini urib tushirganini xabar qilgan.

AQSHning Maxar tijorat sun’iy yo‘ldosh kompaniyasidan olingan suratlarda Belbek aerodromida yo‘q qilingan ikkita MiG-31 qiruvchi samolyoti va bitta Su-27 qiruvchi samolyoti ko‘rsatilgan, Reuters agentligi bildirishicha, bitta MiG-29 qiruvchi samolyoti ham shikastlangan.

Sevastopol va Qrim hududiga so‘nggi havo hujumlari ko‘paygani xabar berilgan. Rossiya ma’muriyati yarimorolga uchuvchisiz uchoqlar va raketa hujumlari soni ortganini qayd etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina raketalari Qrimda turgan Rossiya harbiy samolyotlarini yo‘q qildi