date
views 98

BMT: Isroil hujumlari oqibatida 800 mingga yaqin falastinlik Rafahni tark etdi

BMT: Isroil hujumlari oqibatida 800 mingga yaqin falastinlik Rafahni tark etdi
Foto: Anadolu
Isroil Rafahda HAMASning qolgan batalonlariga qarshi hujum boshlaganidan beri 800 mingga yaqin falastinlik Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) bosh komissari Filipp Lazzarini ma’lum qildi.

Lazariniga ko‘ra, uylarini tashlab ketayotgan falastinliklar himoyasiz qolmoqda va Isroilning falastinliklar G‘azodagi xavfsiz hududlarga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi da’volari yolg‘on.

"G‘azoda xavfsiz hududlar yo‘q. Hech bir joy xavfsiz emas. Hech kim xavfsiz emas", — deb yozadi UNRWA rahbari.

Lazarini, shuningdek, falastinliklar qochayotgan hududlarda favqulodda gumanitar yordam ko‘rsatish uchun hatto “minimal sharoitlar” yo‘qligini qo‘shimcha qilgan. G‘azoga olib boradigan asosiy o‘tish joylari janglar tufayli yopiq yoki xavfli bo‘lib qolmoqda. UNRWA rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 6 maydan buyon gumanitar yordam olib ketayotgan bor-yo‘g‘i 33 ta yuk mashinasi yo‘lning janubiy qismiga yetib borgan. U G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini, vaziyatning yanada kuchayishi tinch aholi o‘rtasida ko‘proq tartibsizlikka olib kelishini ta’kidlagan.

AFP nashri 18 may kuni G‘azoda faol harbiy harakatlar qayta boshlangani haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, janubdagi Rafahda ham, shimoliy mintaqada ham janglar ketmoqda. Sektorning janubi-sharqida so‘nggi 24 soat ichida o‘q ovozlari va granata portlashlari qayta-qayta eshitilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT: Isroil hujumlari oqibatida 800 mingga yaqin falastinlik Rafahni tark etdi