date
views 336

Isroil Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning o‘limiga aloqadorligini rad etdi

Isroil Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning o‘limiga aloqadorligini rad etdi
Foto: Iranian State Tv
Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyot halokatida hayotdan ko‘z yumishiga Isroilning aloqasi yo‘q. Bu haqda 20 may kuni Reuters agentligiga bergan izohida isroillik yuqori martabali mulozim aytdi.

«Bu biz emas edik», dedi ismi sir qolishni istagan amaldor.

Ibrohim Raisiy 19 may oqshomida vertolyotning «favqulodda qo‘nishi» oqibatida halok bo‘ldi. Eronning Mehr agentligi ma’lum qilishicha, davlat rahbari «xizmat va Eron xalqi oldidagi burchini bajarayotib, baxtsiz hodisaga uchradi va shahid bo‘ldi».

Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot Ozarboyjon chegarasi yaqinidagi o‘rmonli toqqa qulagan. Qayd etilishicha, falokatga ob-havo ham sabab bo‘lishi mumkin – Eron rasmiylari halokat joyini aniqlashga uringanida tuman, shamol va kuchli yomg‘ir to‘sqinlik qilganini ma’lum qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning o‘limiga aloqadorligini rad etdi