15:33 / 22.05.2024
141

Norvegiya, Ispaniya va Irlandiya Falastin davlatini tan oldi

Norvegiya, Ispaniya va Irlandiya Falastin davlatini tan oldi
Foto: The AP
Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore mamlakat Falastinni davlat sifatida rasman tan olishini ma’lum qildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Uning fikricha Falastin davlat sifatida tan olinmaguncha Yaqin Sharqda tinchlikka erishishning imkoni yo‘q. Yonas mazkur qaror 28 maydan boshlab kuchga kirishini aytgan.

So‘ngi kunlarda Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari mintaqada barqaror tinchlik uchun ikki davlat to‘g‘risidagi qaror zarurligini hamda Falastinni tan olishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan.

YEIga a’zo bo‘lmagan, lekin uning harakatlarini aks ettiruvchi Norvegiya Isroil va Falastin o‘rtasidagi yechimning kuchli tarafdoridir.

Avvalroq Irlandiya va Ispaniya ham 22 may kuni Falastinni tan olishini e’lon qilmoqchi ekani xabar qilingandi. Belgiya va Malta ham xuddi shunday niyatda.

Avvalroq YEI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel may oyining oxirigacha Falastin Yevropa Ittifoqining bir qancha davlatlari tomonidan tan olinishini aytgan.

BMTning jami 193 davlatidan 143 tasi Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Norvegiya, Ispaniya va Irlandiya Falastin davlatini tan oldi