12:29 / 23.05.2024
444

Pashinyan KXSHTdagi ikkita davlatni Armanistonga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rganlikda aybladi

Pashinyan KXSHTdagi ikkita davlatni Armanistonga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rganlikda aybladi
Foto: “RIA Novosti”
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan KXSHTga a’zo ikki davlatni 2020 yil Qorabog‘da Yerevanga qarshi urushga tayyorlanganlikda aybladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

"Ittifoqchilarimiz 2020 yilgi 44 kunlik urushga tayyorgarlikda biz tomonda ishtirok etmadi. Men KXSHTning kamida ikkita davlatini bizga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rganini bilaman", — deydi Pashinyan.

Siyosatchiga ko‘ra, bu ikki davlat o‘zini Armanistonga yordam ko‘rsatayotgandek tutgan. Pashinyan Qorabog‘da 2020 yilgi harbiy harakatlar “Yerevan mustaqilligini yo‘q qilishga qaratilgani” va urinishlar 2020 yildan keyin ham davom etganini da’vo qildi. Armaniston bosh vaziri Ozarbayjon bilan chegarani delimitatsiya qilish tufayli bu tahdidlar hozirda zararsizlantirilayotganini aytdi.

KXSHTga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.

Armaniston va KXSHT

So‘nggi paytlarda Yerevan KXSHTni doimiy ravishda tanqid qilib, tashkilotdagi ishtirokini asta-sekin kamaytirmoqda. Noyabr oyida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Minskdagi sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi.

Bundan tashqari, fevral oyi o‘rtalarida siyosatchi Armanistonning ushbu tashkilotga a’zoligi to‘xtatilganini e’lon qildi. Uning fikricha, respublikaga nisbatan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi “ayniqsa 2021—2022 yillarda” bajarilmagan. Mart oyida Pashinyan, agar Yerevanning mamlakat suveren hududiga oid savollariga javob berilmasa, Armaniston KXSHTdan chiqishi mumkinligini aytgandi.

May oyi boshida Yerevan “2024 yil uchun KXSHT budjeti to‘g‘risida”gi qarorga qo‘shilishdan va ushbu qarorda ko‘zda tutilgan tashkilot faoliyatini moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortishi” ma’lum qilgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Armaniston rahbariyatining KXSHTga nisbatan bayonotlarini “ultimatum” va “haqoratli ritorika” deb atagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pashinyan KXSHTdagi ikkita davlatni Armanistonga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rganlikda aybladi