22:47 / 23.05.2024
378

HAMAS vafot etgan deb hisoblangan Isroil qo‘mondonini hibsda saqlayotganini ma’lum qildi

HAMAS vafot etgan deb hisoblangan Isroil qo‘mondonini hibsda saqlayotganini ma’lum qildi
Arxiv foto: msn.com
HAMAS rahbariyati 7 oktyabr voqealarida halok bo‘lgan deb hisoblanib kelgan Isroil harbiy qo‘mondonini hibsda saqlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters nashri Yaqin Sharq manbalariga tayanib, xabar berdi.

HAMAS rahbariyati Isroil qo‘mondonining tirik ekanligi haqida payshanba kuni xabar tarqatgan. Qo‘mondon o‘tgan yilning 7 oktyabrida Isroil va HAMAS o‘rtasida ilk qarama-qarshilik yuzaga kelgan bir paytda hibsga olingan va G‘azo sektoriga olib kelingan.

Isroildagi manbalar qo‘mondon Asaf Hamami vafot etganini allaqachon e’lon qilib bo‘lgan. Hattoki Isroilda jasadi topilmagan qo‘mondon uchun dafn marosimi ham o‘tkazilgan.

Manbada aytilishicha, qo‘mondonni HAMASning harbiy qanoti bo‘lgan “Al-Qassam” brigadasi askarlari hibsga olgan. Hibsga olish chog‘ida Hamami og‘ir jarohatlangan.

Isroil hukumati HAMAS e’lon qilgan so‘nggi xabar yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan. 41 yoshli generalning holati haqida hozircha HAMASdan boshqa manbalar xabar bermagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS vafot etgan deb hisoblangan Isroil qo‘mondonini hibsda saqlayotganini ma’lum qildi