FXB: «Krokus»dagi terakt ISHIDning Afg‘onistondagi qanoti tomonidan muvofiqlashtirilgan

1 daqiqa o'qish489
FXB: «Krokus»dagi terakt ISHIDning Afg‘onistondagi qanoti tomonidan muvofiqlashtirilgan
Bishkekda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari kengashida Rossiyaning Federal xavfsizlik byurosi (FXB) tashkiloti rahbari Aleksandr Bortnikov Moskva yaqinidagi Crocus City Hall majmuasida sodir etilgan terakt bo‘yicha 20 dan ortiq odam hibsga olinganini ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, terrorchilarning harakatlari ISHIDning Afg‘onistondagi qanoti deya qaraladigan «Viloyati Xorasan» terrorchilik tashkiloti tomonidan muvofiqlashtirilgan.

«Biz hozirda jinoyatga daxldor bo‘lganlarning butun aloqalarini aniqlayapmiz. Yigirmadan ortiq odam hibsga olindi: ular orasida bevosita jinoyatchilar va jinoyatga sherik bo‘lganlar ham bor», – dedi Bortnikov.

FSB direktorining so‘zlariga ko‘ra, «terrorchilarni tayyorlash, moliyalashtirish, hujum qilish va olib chiqib ketish internet orqali «Viloyati Xuroson» guruhi a’zolari tomonidan muvofiqlashtirilgani allaqachon aniqlangan.

«Tergov davom etmoqda, ammo biz hozirdanoq ushbu teraktda Ukraina harbiy razvedkasining aloqasi bo‘lganini ishonch bilan aytolamiz», – deydi Bortnikov.

Bortnikovga ko‘ra, ushbu teraktdan ko‘zlangan maqsad «diniy va milliy omillardan foydalangan holda Hamdo‘stlik mamlakatlari munosabatlariga putur yetkazish»dan iborat.

FSB direktorining qayd etishicha, tergov Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston maxsus xizmatlari va huquq-tartibot idoralari ishtirokida o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Moskva yaqinidagi Crocus City Hall'da joriy yilning 22 mart kuni bir necha nafar qurollangan shaxslar tomonidan terakt uyushtirilgan va oqibatda 144 kishi qurbon bo‘lgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?