date
views 210

Braziliya Isroildan chaqirib olingan elchisi ortga qaytmasligini ma’lum qildi

Braziliya Isroildan chaqirib olingan elchisi ortga qaytmasligini ma’lum qildi
Foto: Google Images
Davlatlar o‘rtasidagi ziddiyat tufayli maslahatlashish uchun o‘z mamlakatiga chaqirilgan Braziliyaning Isroildagi elchisi Tel-Avivga qaytmaydi. Bu haqda Braziliya prezidentining xalqaro ishlar bo‘yicha maxsus vakili Selso Amorim ma’lum qildi.

"Boshqa kimdir uning o‘rniga boradimi-yo‘qmi bilmayman, lekin u qaytib bormaydi. U shaxsan kamsitilgan va bu orqali Braziliyani ham kamsitishgan", — deya davlat rahbari yordamchisining so‘zlarini keltiradi G1 portali.

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva 18 fevral kuni Isroilning G‘azo sektorini bombalashi oqibatida tinch aholining ommaviy o‘ldirilishini Adolf Gitlerning yahudiylarga qarshi jinoyatlariga qiyoslash mumkinligini aytgandi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘sha kuni Braziliya prezidentining so‘zlarini “jiddiy va uyatli” deb atadi hamda tashqi ishlar vaziri Israel Kas bilan birgalikda Braziliyaning Isroildagi elchisini “qat’iy suhbat” uchun darhol chaqirishga qaror qilganini aytdi. Keyinroq Braziliya Isroildagi elchisini maslahatlashuv uchun chaqirib oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliya Isroildan chaqirib olingan elchisi ortga qaytmasligini ma’lum qildi