date
views 95

Italiya BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligini moliyalashtirishni qayta tikladi

Italiya BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligini moliyalashtirishni qayta tikladi
Foto: Al Jazeera
Italiya hukumati BMTning falastinlik qochqinlarga yordam beruvchi agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni yangilamoqda, deya Deutsche Welle xabar berdi.

Italiya TIV rahbari Antonio Tajani Rimda Falastin milliy ma’muriyati bosh vaziri Muhammad Mustafo bilan uchrashuvdan so‘ng hukumat Falastin aholisi uchun jami 35 million yevro miqdorida mablag‘ ajratganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, ushbu mablag‘ning 5 million yevrosi UNRWA'ga yuboriladi.

"Terrorizmni qo‘llab-quvvatlash uchun bir sent ham ketmasligi uchun qat’iy nazorat kerak", — deb ta’kidladi Tajani.

Yanvar oyida Italiya, Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari, shuningdek, AQSH, Kanada, Avstraliya va Yaponiya tashkilot xodimlarining HAMASning Isroilga hujumiga aloqadorligi haqidagi xabarlar ortidan UNRWA'ni moliyalashtirishni to‘xtatgan edi. Yanvar oyida Isroil rasmiylari BMT rahbariyatiga HAMASning Isroilga hujumida UNRWA'ning 12 nafar xodimi ishtirok etgani haqida ma’lumot bergan. Buni keyinroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antonio Guterrish ham tasdiqlagan.

Agentlik hujumga aloqador xodimlarning shartnomalarini bekor qilgan va tergov o‘tkazishga va’da bergan. Keyinchalik, Fransiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna boshchiligidagi BMTning Yaqin Sharq agentligi faoliyatini tekshirgan komissiya uning faoliyatining “mustaqilligi bilan bog‘liq bir qator muammolarni” aniqlaganini ma’lum qildi. U, shuningdek, UNRWA betaraflik tamoyiliga rioya etilishini ta’minlash uchun bir qator mexanizmlar yaratganini aytgan.

Mart oyi boshida Kanada va Shvetsiya UNRWA'ga yordamni qayta tiklagan va bu qadamni G‘azodagi og‘ir gumanitar vaziyat bilan izohlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiya BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligini moliyalashtirishni qayta tikladi