date
views 462

Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi

Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi
Foto: Qozog‘iston FVV
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ob-havo sharoiti sabab Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi.

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovishi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan.

Xususan, 25 may kuni respublika ahamiyatiga ega Yekaterinburg—Olmaota avtomobil yo‘lining 1080-1140-kilometrlari barcha turdagi transport vositalari harakati uchun cheklandi.

Shu munosabat bilan agentlik ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi