18:06 / 26.05.2024
209

Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini davlatga xiyonatda aybladi

Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini davlatga xiyonatda aybladi
Foto: Getty Images
Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilini vatanga xiyonatda aybladi.

"Xalq va ular tomonidan saylangan hukumatning hamjihatligi bizga o‘tgan ikki yil davomida mavjud tahdidlar va turli xiyonatlarga, jumladan, prezidentning xiyonatiga qaramay, yurt tinchligini saqlash imkoniyatini berdi", — dedi Kobaxidze Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zlagan nutqida.

Bosh vazir hozir Gruziya uchun davlat mustaqilligini himoya qilish ayniqsa muhimligini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, gruziyaliklar har qachongidan ham ko‘proq bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishi kerak.

O‘z navbatida, mamlakat prezidenti Zurabishvili harbiy xizmatchilar va Gruziya rahbariyati vakillari bilan suhbat chog‘ida rasmiylarning harakatlarini tanqid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 may kuni Gruziya parlamenti bir oy davom etgan norozilik namoyishlari fonida “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini uchinchi va oxirgi o‘qishda qabul qilgan edi. Prezident Salome Zurabishvili 18 may kuni veto huquqidan foydalangan.

Avvalroq Davlat departamentining Sanksiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari Jim O‘Brayen agar parlament tomonidan qabul qilingan loyiha o‘zgarmasa, Amerika Gruziyaga nisbatan cheklovlar qo‘yishi mumkinligini aytgan. Yevropa Ittifoqi respublikaning ittifoqqa a’zolik arizasini muzlatib qo‘yishga va’da bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini davlatga xiyonatda aybladi