Isroil Rafahdagi qochqinlar lageriga zarba berdi: “Odamlar tiriklayin yongan”

Dunyo1 daqiqa o'qish318
Isroil Rafahdagi qochqinlar lageriga zarba berdi: “Odamlar tiriklayin yongan”
Foto: Reuters
Isroil kuchlari Rafahdagi qochqinlar yashaydigan Tal-as-Sulton lagerini bombardimon qildi, 40 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalar bo‘lgan. Falastin Qizil yarim oy jamiyati chodirlardagi ko‘plab odamlar tiriklab yonib ketganini ta’kidlagan.

“Hududdagi shifoxonalar Isroil ishg‘olining G‘azo sektoridagi sog‘liqni saqlash tizimini ataylab yo‘q qilishi natijasida bunday ko‘p sonli jarohatlanganlari sig‘dira olmayapti”, — deyiladi bayonotda.

Mahalliy manbalar kamida sakkizta raketa BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatuvchi agentligi (UNRWA) ombori yonida yaqinda o‘rnatilgan chodir lageriga urilganini aytdi.

“Garchi Isroil xavfsiz hudud deb belgilab, fuqarolarni u yerga ko‘chirishga majbur qilgan bo‘lsa ham, bizga favqulodda qo‘ng‘iroq keldi. Hududdagi yong‘inni o‘chirishga taxminan 45 daqiqa vaqt kerak bo‘ldi, bir qancha jasadlar va jarohatlanganlarni olib chiqdik. Jasadlarning aksariyati kuyib ketgan va yonib ketgan.

Potensial xalqaro miqyosda taqiqlangan qurollarni qo‘llash yirik yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan, oqibatida jabrlanganlar oyoq-qo‘llarini yo‘qotgan va boshqa jarohatlar olgan. Biz 50 ga yaqin odamni va yaradorlarni hududdan olib chiqib, dala kasalxonalariga yetkazdik
”, — deya ta’kidladi G‘azo fuqarolik mudofaasi guruhlarini boshqaradigan doktor Muhammad al-Mug‘ayyir.

Isroil armiyasi o‘z bayonotida HAMAS lageriga havo hujumi uyushtirilganini da’vo qildi. Harbiylar tinch aholi jarohatlanganidan xabardor ekanini ma’lum qildi.

“Zarba xalqaro qonunlarga muvofiq, aniq o‘q-dorilardan foydalangan holda va HAMAS hududdan foydalanayotganini ko‘rsatuvchi aniq razvedka ma’lumotlariga asoslanib, qonuniy nishonlarga qarshi amalga oshirildi”, — deya qo‘shimcha qildi Isroil armiyasi.

Eslatib o‘tamiz, 26 may kuni HAMAS tinch aholi o‘ldirilishiga javoban yanvar oyidan buyon birinchi marta Isroilning markaziy rayonlariga raketalar uchirdi. Isroil armiyasi ularning aksariyati tutib olinganini ma’lum qildi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?