date
views 280

Makron Yevropani AQSH va Xitoydan mustaqil bo‘lishga chaqirdi

Makron Yevropani AQSH va Xitoydan mustaqil bo‘lishga chaqirdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron kuchli va suveren Yevropani shakllantirishga chaqirdi, deya Deutsche Welle xabar berdi.

Fransiya rahbari Germaniyaga tashrifi chog‘ida Yevropa tinchlik, farovonlik va demokratiya tarixi ekanini aytgan. Biroq, uning fikricha, Yevropa harakat qilmasa, bularning barchasi xavf ostida qoladi.

"RossiyaUkraina urushi boshlanganidan ikki yil o‘tib, Yevropa o‘z tarixida misli ko‘rilmagan lahzani boshdan kechirmoqda. Bu uni o‘z mudofaasi va xavfsizligi haqida mustaqil fikr yuritishga majbur qilmoqda", — dedi Makron.

U NATO doirasida ittifoqchi sifatida harakat qilish zarurligini ta’kidlab, Yevropa xavfsizligi tahdid ostida ekanini qo‘shimcha qilgan. Makron Yevropa Ittifoqi o‘z geografiyasini o‘zgartirmasligini, Rossiya esa bundan keyin ham YEIning qo‘shnisi bo‘lib qolishini ta’kidlagan.

Fransiya rahbariga ko‘ra, iqtisodiy jihatdan Yevropa davlatlari ham Xitoy va AQSH raqobati oldida yanada suveren va mustaqil bo‘lishi kerak. U Yevropa o‘zini qayta kashf qilishi, kelajak avlodlar uchun yangi o‘sish paradigmasini qurishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makron Yevropani AQSH va Xitoydan mustaqil bo‘lishga chaqirdi