Foto: AP Photo
Daniya parlamenti Falastinni davlat sifatida tan olish haqidagi qonun loyihasiga qarshi ovoz berdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Hujjatning qabul qilinishiga 83 deputat qarshi chiqdi, 21 deputat yoqlab ovoz berdi, yana ikki nafari betaraf qoldi. Falastin davlatini tan olish taklifi fevral oyi oxirida to‘rtta muxolifat partiyasi tomonidan ilgari surilgandi. Aprel oyida Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen uni muhokama qilish chog‘ida Falastin davlatini tan olish uchun “hech qanday dastlabki shartlar” yo‘qligini aytdi.
Biroq ovoz berish kuni Rasmussen “parlament rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlay olmasa-da, buni qila oladigan kun kelishini xohlaymiz”, deya qo‘shimcha qildi.
10 may kuni BMT Bosh assambleyasi Falastinning tashkilotga a’zo bo‘lishini (ammo unga hali ham ovoz berish huquqini bermayapti) rezolyutsiyani qabul qilganidan so‘ng Rasmussen bu qarorni qo‘llab-quvvatladi.
“Bugun Falastinga biz BMTda kuchliroq ovoz beramiz. Umid qilamanki, bugungi rezolyutsiya Falastin xalqi uchun mana shu qorong‘i kunlarda kelajakka umid chirog‘i bo‘la oladi. Daniya ikki davlat yechimini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda”, — degan edi u.
22 may kuni Yevropaning uchta davlati – Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastinni rasman davlat sifatida tan olishini ma’lum qildi. Mazkur qaror 28 maydan kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
AQSH Ukrainaga bir yilga yetadigan qurol-yarog‘ yubormoqda