
Turkiya harbiy xizmatchilariga TikTok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanish taqiqlandi. Bu haqda Sabah gazetasi xabar bermoqda.
TikTokni taqiqlash Turkiya parlamenti Milliy mudofaa komissiyasi tomonidan ma’qullangan. Taqiq Turkiya qurolli kuchlari a’zolariga oid bir qancha qonunlarga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi loyihada mavjud.
10 may kuni Turkiya parlamentining Raqamli media komissiyasi rahbari Husayn Yayman TikTokni mamlakatda bloklanishi ehtimolini o‘rtaga tashlagandi.
Ijtimoiy tarmoqni cheklash ehtimoli uning «turk oilasi poydevoriga dinamit qo‘ygani» haqidagi iddaolar bilan bog‘liq. Turkiya parlamentida so‘zlagan Yayman Turkiyaning siyosiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan «trollar» xavfi haqida gapirdi. Ijtimoiy tarmoq vakillari avvalroq Turkiya parlamenti a’zolariga javob qaytargan, biroq ularni bu javoblar qoniqtirmagan.
TurkiyaTikTokTaqiqHarbiy XizmatchilarIjtimoiy TarmoqSiyosiy Hayot O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar