date
views 132

Rossiya va Ukraina BAA vositachiligida 150 nafar harbiy asirni almashdi

Rossiya va Ukraina BAA vositachiligida 150 nafar harbiy asirni almashdi
Foto: Moscow Times
Rossiya va Ukraina 31 may kuni Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida 150 nafar harbiy asirlarni o‘zaro almashgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bergan.

Manbada aytilishicha, Kiyev nazorati ostidagi hududlarda hibsga olingan 75 nafar rus askari Moskva vakillariga topshirilgan. O‘z navbatida, ruslar ham 75 nafar ukrain askarini ozod qilgan.

Ushbu tadbir urishayotgan tomonlar o‘rtasida bir necha oylik to‘xtab qolgan muzokaralardan so‘ng, birinchi ijobiy hodisa sifatida ko‘rilgan. Chunki so‘nggi paytlarda Moskva va Kiyev o‘rtasida har qanday aloqa uzilib qolgan edi.

Muzokaralar natijasida asirlikda o‘lim xavfi ostida bo‘lgan 75 nafar rossiyalik harbiy Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududdan qaytarildi. Birlashgan Arab Amirliklari rossiyalik harbiy xizmatchilarni asirlikdan qaytarishda gumanitar vositachilik qildi”, — deya ma’lum qilingan Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Vladimir Zelenskiy ham ijtimoiy tarmoqdagi postida juma kungi asirlar almashinuvini tasdiqlab, mamlakat muhim natijaga erishganini, yana 75 nafar ukrainalik Ukrainaga qaytganini yozgan. Prezident Ukraina bayroqlariga o‘ralib qaytgan askarlarning yaqinlari tomonidan kutib olingani aks etgan suratlarni tarmoqda bo‘lishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va Ukraina BAA vositachiligida 150 nafar harbiy asirni almashdi