date
views 1 319

Rossiyaga yordam berish KXDRga qimmatga tushmoqda

Rossiyaga yordam berish KXDRga qimmatga tushmoqda
Yevropa Ittifoqi KXDRning to‘qqiz rasmiysi va tashkilotiga qarshi sanksiyalar kiritdi, YEI ma’lumotlariga ko‘ra, ular Ukraina bilan mojaroda Rossiyaga yordam ko‘rsatgan. Bu haqda YEI kengashi bayonotida aytiladi.

«Bugun Kengash Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tomonidan amalga oshirilgan sanksiyalardan bo‘yin tovlash harakatlari tufayli qo‘shimcha olti nafar jismoniy va uchta yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar qo‘lladi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarini buzgan holda yadroviy dastur va ballistik raketalar yaratish uchun mablag‘ ajratayotgan bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, sanksiyalar «KXDRning Rossiyaga Ukrainaga qarshi ko‘rsatgan harbiy yordamini hisobga olgan holda» ham kiritilgan.

Bungacha Yevropa Ittifoqining (YEI) sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O'Sallivan iyun oyi o‘rtalarida Rossiyaga qarshi 14-cheklov paketi qabul qilinishini tan olgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaga yordam berish KXDRga qimmatga tushmoqda