date
views 195

Netanyaxu: “HAMAS yo‘q qilinmaguncha o‘t ochish to‘xtamaydi”

Netanyaxu: “HAMAS yo‘q qilinmaguncha o‘t ochish to‘xtamaydi”
Foto: Al Arabiya
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS tashkiloti yo‘q qilinmaguncha G‘azo sektorida o‘t ochish to‘xtamasligini ma’lum qildi. Bu haqda bosh vazir matbuot yig‘ilishida e’lon qilgan bayonotga asoslanib, Al Arabiya nashri xabar bergan.

Isroil bosh vazirining bayonoti AQSH prezidenti Jo Bayden taklif etgan tinchlik loyihasidan so‘ng ko‘tarilgani ma’lum qilingan. Tel-Aviv rahbariyati har qanday sulh bitimi dushman yo‘q qilingach, amalga oshishini bildirgan.

Prezident Bayden 31 may kuni Isroil qo‘shinlarini G‘azodan qisman olib chiqib ketish va ba’zi garovga olinganlarni ozod qilish ortidan olti haftalik sulh imzolashni o‘z ichiga olgan kelishuvni taklif etgan edi. Ushbu sulh rejasida urishuvchi tomonlardan harbiy harakatlarni butunlay tugatish bo‘yicha murosaga kelish so‘ralgan.

Isroil rahbarining so‘nggi keskin bayonoti muzokaralarni hali yana ancha paytgacha cho‘zishi xabar qilingan. Oldinroq tahlilchilar ham harbiy harakatlar 2024 yil davomida to‘xtamasligi mumkinligini aytishgan edi.

HAMAS 31 may kuni “ijobiy va konstruktiv tarzda” hamkorlik qilishga tayyorligini aytgan. Biroq agar Isroil kelishuvlarga qaytmasa, otishmalar to‘xtatilmasligi qo‘shimcha qilingan.

Bosqinchi armiyani olib chiqib ketish va otishmani to‘xtatish talabi bajarilmaguncha hech qanday kelishuv bo‘lmaydi”, — degan HAMASning Qatardagi siyosiy byurosi vakili Mahmud Mardaviy.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu: “HAMAS yo‘q qilinmaguncha o‘t ochish to‘xtamaydi”