21:49 / 02.06.2024
96

Maldiv prezidenti isroilliklarning mamlakatga kirishini taqiqladi

Maldiv prezidenti isroilliklarning mamlakatga kirishini taqiqladi
Foto: Quartz
Maldiv orollari prezidenti Muhammad Muizzu Vazirlar Mahkamasi tavsiyasidan so‘ng Isroil fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida xabar berildi.

Vazirlar Mahkamasi qarori Isroil fuqarolarining Maldiv orollariga kirishini taqiqlash bo‘yicha zarur qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish, hukumat tarkibida bu harakatlarni nazorat qiluvchi qo‘mita tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Maldiv orollari prezidenti falastinliklarning ehtiyojlarini baholash uchun maxsus vakil tayinlamoqda va BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi ko‘magida mablag‘ yig‘ish kampaniyasini tashkil etmoqda.

Birdamlik bildirish maqsadida “Maldivliklar Falastin bilan birdamlikda” mitingini o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Isroil-Falastin mojarosini hal qilishni tezlashtirish uchun Maldiv boshqa musulmon davlatlari bilan muzokaralar olib bormoqchi. Maldiv orollariga har yili milliondan ortiq sayyoh keladi, Isroildan keluvchilaro soni 15 mingga yaqinni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maldiv prezidenti isroilliklarning mamlakatga kirishini taqiqladi
ePN