
Foto: Videodan kadr
AQShning sobiq prezidenti, hozirda Respublikachilar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzod Donald Tramp engil vaznda sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedovga Falastindagi urushni toʻxtatishga va'da berdi.
Rossiyalik jangchi va amerikalik siyosatchi joriy yilning 2 iyunida AQShda boʻlib oʻtgan UFC 302 turnirida suhbatlashdi. Kechaning asosiy bahsida Islom Maxachev engil vazn toifasida uchinchi marta chempionlik unvonini himoya qildi va 5-raundda Dastin Poreni magʻlub etdi. Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda Nurmagomedov va Trampning arena yonidagi suhbati aks etgan video paydo boʻldi.
“Bilaman, siz Falastin urushini toʻxtatasiz”, — dedi Habib.
“Biz buni toʻxtatamiz. Men buni toʻxtataman”, — deb javob berdi AQSh sobiq prezidenti.
Tramp 2023 yilda Nurmagomedovni “fantastik jangchi” deb atagan va uning oktagonga qaytish ehtimoli haqida UFC rahbari Dana Uaytdan soʻragan.
Nurmagomedov 2023 yil yanvarida MMAdan butunlay voz kechganini aytgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Habib Nurmagomedov 2020 yilning kuzida professional faoliyatini yakunlagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar