Pokiston sobiq bosh vaziriga qo‘yilgan davlat sirlarini oshkor etish ayblovi bekor qilindi

1 daqiqa o'qish163
Pokiston sobiq bosh vaziriga qo‘yilgan davlat sirlarini oshkor etish ayblovi bekor qilindi
Foto: EPA
Islomobod sudi Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xonga nisbatan chiqarilgan davlat sirlarini oshkor qilish ayblovini bekor qildi. Bu haqda Pokiston mahalliy nashrlariga tayanib, Al Jazeera nashri xabar berdi.

Sud Imron Xon, shuningdek, uning yaqin yordamchisi — sobiq tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiyga nisbatan ham chiqarilgan ayblov hukmini bekor qilgan. Sobiq tashqi ishlar vaziri ham davlat sirlarini oshkor qilishda aybdor deb topilgan edi.

Imron Xon va Shoh Mahmud Qurayshiylar joriy yilning 30 yanvarida, mamlakatdagi umumiy saylovlarga bir necha kun qolgan bir paytda Ravalpindi qamoqxonasida tashkil etilgan maxsus sud tomonidan 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Imron Xon da’vo qilishicha, uning 2022 yil aprel oyida hokimiyatdan chetlatilishi fitna oqibati bo‘lgan. Davlat sirlari to‘g‘risidagi qonunga muvofiq tashkil etilgan sud Xonni Pokistonning AQSHdagi sobiq elchisi yuborgan maxfiy xatdan noto‘g‘ri foydalanganlikda ayblagan.

Xon bir necha bor ayblovni rad etgan. Uning bosh vazirlik lavozimidan chetlatilishi siyosiy raqiblari va mamlakatning qudratli armiyasi tomonidan AQSH ma’muriyati yordami bilan tuzilgan fitna ekanligini aytgan. Rasmiy Vashington va Pokiston armiyasi bu ayblovni rad etgan.

Pokistonning sobiq kriket yulduzi Imron Xon 2018 yil avgustidan 2022 yilning apreligacha mamlakatni boshqargan. Keyinchalik u parlamentdagi ishonchsizlik votumi ortidan lavozimini tark etgan. O‘tgan yilning aprelidan beri sobiq bosh vazir bir qancha ayblovlar ortidan hibsda saqlab kelinmoqda.

Islomobod Oliy sudi Imron Xonga nisbatan asosiy ayblovni bekor qilgan bo‘lsa-da, u boshqa modda bo‘yicha qamoqda qolmoqda. Sud Imron Xon va uning rafiqasi Bushra Bibini 2018 yilda islom qonunlariga zid ravishda nikohdan o‘tganlikda ayblab, 7 yillik qamoq jazosi tayinlagan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?