date
views 120

Shveysariya Senati Ukrainaga qo‘shimcha favqulodda yordamni rad etdi

Shveysariya Senati Ukrainaga qo‘shimcha favqulodda yordamni rad etdi
Foto: Reuters
Shveysariya Senati Ukrainaga armiya ehtiyojlari uchun 5,6 milliard dollar va 11,1 milliard dollar miqdoridagi qo‘shimcha favqulodda yordamni rad etdi. Bu haqda parlament saytida e’lon qilindi.

Senat kengashi 3 iyun kuni 15 ovozga qarshi 28 ovoz bilan bilan Yevropada Shveysariya va jahon xavfsizlik va tinchlik jamg‘armasini yaratishni rad etgan.

"2030 yilgacha armiya yana 10 milliard frank (taxminan 11,1 milliard dollar), Ukraina esa 5 milliard frank (taxminan 5,6 milliard dollar) olishi kerak edi", — deyiladi hujjatda.

Qo‘shimcha qilinishicha, hukumat va Senat bunga qarshi chiqqan, chunki armiya va Ukraina uchun xarajatlar rejalashtirilgan, shuning uchun ularni favqulodda xarajatlar sifatida ko‘rib bo‘lmaydi.

Avvalroq Shveysariya hukumati 2036 yilgacha Ukrainani qayta tiklashni qo‘llab-quvvatlash uchun 5,5 milliard dollar ajratmoqchi ekanligini, 2028 yilgacha esa 1,66 milliard dollar ajratilishini aytgan edi.

Shuningdek, Senat matbuot xizmati Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitiga 11-17 million dollargacha mablag‘ sarflash rejalashtirilganini ma’lum qilgan. Xarajatlar delegatsiyalar soni va ularning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Sammit 15—16 iyun kunlari Burgenshtokda bo‘lib o‘tadi. Unga Yevropa Ittifoqi, BRIKS va G20 davlatlaridan 160 dan ortiq delegatsiyalar taklif etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shveysariya Senati Ukrainaga qo‘shimcha favqulodda yordamni rad etdi