
Foto: Larius Slovakia
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rus tilini yaxshi biladigan o‘zbekistonlik haydovchilarga Slovakiyada ish borligini ma’lum qildi.
Ish Slovakiya korxonasi tomonidan, omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida taklif etilmoqda.
Nomzodlar 20-45 yosh atrofida bo‘lishi, “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega bo‘lishi lozim. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.
Oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi. Haftada 5 kun ish, (3 ta smena). Xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.
Ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
Yuqoridagi talablar mos kelgan va xorijda ishlash istagida bo‘lganlar quyidagi havola orqali 6 iyun soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
HaydovchilarSlovakiyaIsh TaklifiBandlik VazirligiKambag‘allikni QisqartirishOylik Ish Haqi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar