
Foto: Ufuq News
“Tolibon” 4 iyun kuni Afg‘oniston shimolidagi Sari-Pul shahrida 50 nafardan ortiq fuqaroni qamchi bilan jazolagan. Bu haqda Ufuq News nashri xabar berdi.
Qamchilangan fuqarolar orasida ayollar va o‘smir yigitlar ham bo‘lgani xabar qilingan. Ular Sari-Pul markaziy stadionida omma oldida qamchilangan.
Manbaga ko‘ra, qamchilash oqibatida fuqarolarning 15 nafari vafot etgan. Boshqa ko‘plab fuqarolarda ham jiddiy salomatlik muammolariga olib keluvchi jarohatlar aniqlangan.
Jazolanganlar orasida sakkiz nafari ayollar bo‘lgani aytilgan. Qamchilanganlar turli ayblovlar, jumladan nikohdan tashqari aloqalar, uydan qochish va o‘g‘irlik kabi holatlar yuzasidan jazoga tortilgan.
“Tolibon”ning Sari-Puldagi Axborot va madaniyat boshqarmasi mutasaddilari ushbu viloyat aholisidan ayblanuvchilar jazolanishini tomosha qilish uchun stadionga borib turishni so‘ragan. Fuqarolar kiyimlari tintuv qilinib, telefonlar olib qo‘yilgandan so‘ng ularga qamchilash jarayonini tomosha qilishga ruxsat berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar