Foto: House Television via AP
Respublikachi siyosatchi, AQSH Kongressida Tennessi shtati vakili Jon Rouz 6 yashar o‘g‘li Gayni o‘zi bilan ishga olib bordi.
3 iyun kuni Rouz Kongressda Donald Tramp himoyasiga bag‘ishlab nutq qildi. Ammo otasining orqasida turgan o‘g‘il nutq so‘zlari bilan emas, balki o‘zini tasvirga olayotgan kamera bilan qiziqdi.
Bola kameraga qarata turli imo-ishoralar ko‘rsata boshladi. Albatta, hech kim uning otasini tinglamadi, hamma faqat kongressmenning orqasida nima bo‘layotgani bilan qiziqdi. Rouzning nutqi videosi oxir-oqibat millionlab marta tomosha qilindi.
Gayning tomoshabinlar e’tiborini jalb qilish qobiliyati respublikachilar va demokratlar tomonidan yuqori baholangani ta’kidlanmoqda.
Kongressmenning aytishicha, u o‘g‘lidan g‘azablanmaydi. «U odatda o‘zini yaxshi tutadi. Ammo u har qanday 6 yashar bolaga o‘xshaydi», deb ta’kidladi u.
Gay Rouz, o‘z navbatida, otasining nutqi «juda zerikarli» bo‘lganini tan oldi va jurnalistlarga yana ko‘p imo-ishoralarni bilishini, lekin ularni birdaniga ko‘rsatishga tayyor emasligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi