date
views 894

Putin Ukrainaga uzoq masofali raketalar yetkazib berayotgan davlatlarga tahdid qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqaro axborot agentliklari vakillari bilan uchrashuvda Ukrainaga yuqori aniqlikdagi qurollar yuborilishiga munosabat bildirdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.

Putin Ukrainaga uzoq masofali raketalar yetkazib berayotgan davlatlarga tahdid qildi
Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mazkur harakatlarga “assimetrik javob berish” huquqini o‘zida saqlab qoladi.

"Agar kimdir bizning hududimizga zarba berish va bizga muammo tug‘dirish uchun Ukrainaga bunday qurollarni yetkazib berish mumkin deb hisoblasa, nega bu davlatlarning nozik nishonlariga zarbalar berish uchun ma’lum mintaqalarga qurollar yetkazib berishimizga haqqimiz yo‘q?", — dedi Rossiya prezidenti.

U Ukraina ittifoqchilarining bunday harakatlari xalqaro munosabatlarni butunlay buzishi va xalqaro xavfsizlikka putur yetkazishini aytdi. Putin G‘arb davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatsa, urush ikki-uch oy ichida yakunlanishini bildirdi.

Shuningdek, u Ukraina harbiylari Rossiya hududiga o‘zlari zarba bera olmasligi, chunki tizimga raketaning parvoz missiyasini kiritish kerakligi, G‘arb ishtirokisiz buning iloji yo‘qligini ta’kidladi.

"Bu o‘t o‘chirish tizimlarini yetkazib bergan mamlakatlarning ishtirokini talab qiladi: agar Storm Shadow raketalari haqida gapiradigan bo‘lsak, bu Buyuk Britaniya, ATACMS bo‘lsa, bu AQSH", — dedi Kreml rahbari.

Siyosatchi Ukraina hududida G‘arb davlatlari tomonidan yuborilgan harbiy instruktor va maslahatchilar borligini aytib, ular yo‘qotishlarga uchrayotganini xulosa qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Ukrainaga uzoq masofali raketalar yetkazib berayotgan davlatlarga tahdid qildi