
Foto: Bloomberg
AQSH Ukrainaga Rossiya hududiga zarba berish uchun Amerika qurollaridan foydalanishga ruxsat bermadi. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden xabar berdi.
ABC News nashri bilan suhbat chog‘ida Bayden jurnalistning Amerika qurollari Rossiyadagi nishonlarga nisbatan qo‘llanilganmi, degan savoliga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob bermagan. Shu bilan birga, Amerika rahbari Kiyevga Moskvaga bu qurollar bilan hujum qilish taqiqlanganini ta’kidlagan.
Prezidentga ko‘ra, Ukrainaga Rossiyaning hujumlariga javoban chegara yaqinida zarbalar berishiga ruxsat berilgan.
"Biz Rossiyaning 200 mil ichkarisiga, Moskva yoki Kremlga zarba berishga ruxsat bermaymiz", — deydi Bayden.
Jurnalist, shuningdek, prezidentdan Ukrainaga yuqori aniqlikdagi G‘arb qurollari yetkazib berilishini “urushda bevosita ishtirok etish” deb atagan Vladimir Putinning so‘zlari haqida qanday fikrda ekanligini so‘ragan.
"Men Putinni 40 yildan ortiq bilaman. Va u meni 40 yildan beri bezovta qilmoqda. U aqlli odam emas. U hujumni davom ettirib, o‘z mamlakatini ushlab turish uchun kurashayotgan diktator", — deya javob bergan Bayden.
Bir necha hafta davomida Ukraina Oq uydan Rossiyadagi nishonlarga Amerika qurollarini otish uchun ruxsat so‘rab keladi.
Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden yashirincha Xarkov yo‘nalishidagi rus qo‘shinlarining hujumlarini oldini olish uchun Amerika qurollaridan foydalanishga ruxsat bergani haqida xabar berilgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina harbiylari Belgorod viloyatidagi nishonlarga zarba berish uchun allaqachon Amerika qurollaridan foydalangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar