
Kollaj: “Daryo”
Eronda prezidentlikka jami 80 kishi, jumladan, to‘rt nafar ayol nomzodini ko‘rsatgandi. “Konstitutsiyani qo‘riqlash kengashi” ularning olti nafarini saralab, saylovda qatnashishiga ruxsat berdi. Bu haqda Mehr agentligi xabar berdi.
Davlat rahbari lavozimga rasmiy nomzodlar quyidagilar (rasmda o‘ngga qarab ketma-ketlikda berilgan):
1. Eron Oliy yetakchisining Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Said Jaliliy (tepadan birinchisi),
2. Eron sobiq sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim vaziri, parlament a’zosi Masud Pezeshkiyan,
3. Parlamentning amaldagi spikeri Muhammad Bag‘er G‘olibaf,
4. Tehron meri Alirizo Zakaniy (pastdan birinchisi),
5. Ichki ishlar vazirligi sobiq rahbari, din arbobi Mustafa Purmuhammadiy.
6. Shahidlar va faxriylar fondi rahbari Amir-Husayn G‘ozizoda-Hoshimiy
Eronning ikki taniqli siyosatchisi – sobiq prezident Mahmud Ahmadinajod va parlament sobiq spikeri Ali Larijoniyning nomzodlari ma’qullanmagan. Bundan tashqari nomzodlikka ko‘rsatilgan to‘rt nafar ayol ham saralashdan o‘tmagan. Shu kungacha eronlik birorta ayol nomzodlarning yakuniy ro‘yxatiga kiritilmagan. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokatda vafot etishi sababli 28 iyun kuni mamlakatda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Eronda prezident vazifasini bajaruvchi Muhammad Moxber saylovlarda qatnashishdan bosh tortgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar