
Janubiy Afrikaning G‘arbiy Keyp provinsiyasida yashovchi Lyuk Bell va uning otasi Mayk dunyodagi eng tez, soatiga 480 kilometr tezlikka erisha oladigan dronni yaratdi. Uning korpusi uglerod tolasidan tayyorlangan, qismlari esa 3 D formatda ishlaydi.
Dron akkumulatorli masofadan boshqariladigan (RC) kvadrokopter tezligi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Jahon rekordi sifatida sertifikatga ega bo‘lish uchun uchuvchisiz havo qurilmasi qarama-qarshi yo‘nalishda ikkita parvozni muvaffaqiyatli bajarishi kerak edi.
Maksimal tezlik soatiga 510 kilometrda qayd etilgan - dron soniyasiga 142 metr tezlikda ucha oladi.
Loyihani ishlab chiqish va uni osmonga ko‘tarish uchun bir necha oy kerak bo‘ldi. Dron Peregreen 2 nomini oldi. Bungacha havaskor muhandislar Peregreen'ni yaratgandilar, u soatiga 397 kilometr tezlikka erishdi, biroq bu rekord deb tan olinmadi. Shundan so‘ng muhandislar dronni modernizatsiya qilishga qaror qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar