
Foto: “RIA Novosti”
Ozarbayjonda ikki chegarachi nazorat-o‘tkazish punktida yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda davlat chegara xizmati xabar berdi.
Baxtsiz hodisa 9 iyun, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. Mayor va askar yashin urishidan vafot etgan. Hodisa yuz berganida ular “Lankaron” chegara otryadi hududida xizmat vazifasini o‘tayotgan bo‘lgan. Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Rahbariyat halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi va ularga sabr tilaydi", — deyiladi xabarda.
31 may kuni ham Ozarbayjonda yashin urishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi, bir kishi jarohatlangandi. Qurbonlar orasida qishloq xo‘jaligi dalasida yashin urgan ayol ham bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar