
Foto: Channi Anand/AP Photo
Hindistonda 9 iyun kuni ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus jarlikka quladi. Bu haqda Hindiston mahalliy nashrlariga tayanib, Al Jazeera nashri xabar berdi.
Halokat Hindiston shimolidagi Kashmirda yuz bergan. Avtobus jarlikka qulashidan oldin unga noma’lum guruh tomonidan o‘q uzilgani aytilgan.
Politsiya halokat oqibatida 9 nafar fuqaro halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Jarohatlanganlar soni esa 33 nafarga yetgan.
Halokatga uchragan avtobus Kashmirdagi Reasi shahridan qaytayotgan bo‘lgan. Ushbu shahardagi Mata Vaishno Devi ibodatxonasi hindlar uchun muqaddas hisoblanadi.
“Jangarilar avtobusga pistirma uyushtirib, unga qarata o‘q uzgan. Avtobus daraga qulab tushgan. Buning natijasida to‘qqiz nafar ziyoratchi halok bo‘lgan, 33 nafari jarohat olgan”, — deya bayonot bergan Reasi tumani politsiyasi boshlig‘i Mohita Sharma jurnalistlarga.
Hozirda avtobusdagilarni qutqarib olish operatsiyasi yakunlangan. Jarohatlanganlar Narayana kasalxonasi va Reasi tuman kasalxonasiga yetkazilgan.
Mamlakat fuqarolarining bir qismi bu kabi hujumlar sodir bo‘lishida mamlakat bosh vazirini ayblagan. Narendra Modining mamlakat ichida tinchlikka erishish borasidagi “ishi bo‘sh” da’volari va saylov va’dalari quruq gap bo‘lib qolayotgani aytilgan.
Hech bir terrorchi guruh hozircha hujum uchun javobgarlikni bo‘yniga olmagan. Politsiya avtobusga o‘q uzganlar qidirilayotganini ma’lum qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar