Xalqaro terroristik tashkilot a’zosi bo‘lgan sirdaryolik yigit qidirilmoqda

Xalqaro terroristik tashkilot a’zosi bo‘lgan sirdaryolik yigit qidirilmoqda
Kadr: Telegram
Suriyadagi Xalqaro terroristik tashkiloti a’zosi bo‘lgan sirdaryolik yigit qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jo‘raboyev Abbos 1995 yilda Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida tug‘ilgan. “Hayat tahrir ash-shom” xalqaro terroristik tashkiloti a’zosi. Tezkor qidiruv tadbirlari davomida uning Rossiyada bo‘lishi davomida “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi a’zolari tomonidan yollanib, 2019 yilda “hijrat” qilish maqsadida Qirg‘iziston orqali Turkiyaning Istanbul shahriga ketgani aniqlangan.

U 2020 yilning sentyabr oyida Turkiyadan noqonuniy yo‘llar orqali Suriyaning Idlib shahriga o‘tib, u yerda “Hayat tahrir ash-shom” xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari safiga qo‘shilgan. 2023 yilda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 155-moddasi (terrorizm) 1-qismi hamda 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar