date
views 245

Xitoy Ukraina bo‘yicha haqiqiy tinchlik konferensiyasi chaqirilishini talab qildi

Xitoy Ukraina bo‘yicha haqiqiy tinchlik konferensiyasi chaqirilishini talab qildi
Foto: Reuters
Xitoy TIV rahbari Van I Pekin Ukraina bo‘yicha Rossiya ishtirok etishi mumkin bo‘lgan haqiqiy tinchlik konferensiyasi chaqirilishi tarafdori ekanini aytdi.

15—16 iyun kunlari Shveysariyada Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti bo‘lib o‘tishi, unda Rossiya, Xitoy va boshqa ko‘plab yirik davlatlar ishtirok etmasligi avvalroq xabar qilingan edi. Moskva va Pekin Rossiya manfaatlarini hisobga olmagan diplomatik sa’y-harakatlar Ukraina inqirozini hal qilishda muvaffaqiyat qozona olmasligini bir necha bor ta’kidlagan.

"Ukraina inqirozi davom etmoqda, Xitoy o‘z vaqtida haqiqiy tinchlik konferensiyasini chaqirish tarafdori", — dedi Van I Nijniy Novgorodda BRIKSga a’zo davlatlar TIV rahbarlari yig‘ilishida.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Rossiya ham, Ukraina ham tan oladigan konferensiya o‘tkazish zarurligini qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, u ushbu sammitda barcha tomonlar teng ishtirok etishi va barcha tinchlik rejalari halol muhokama qilinishi kerakligini ta’kidlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Ukraina bo‘yicha haqiqiy tinchlik konferensiyasi chaqirilishini talab qildi