Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Hanter Bayden hakamlar hay’ati tomonidan qurol-yarog‘ qoidabuzarliklari bo‘yicha har uchta punktda ham aybdor deb topildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
3 iyun kuni 54 yoshli Hanter Bayden Uilmington sudida noqonuniy qurol saqlashda uchta ayblov bo‘yicha so‘roq qilingan edi.
Jo Bayden o‘z bayonotida sud jarayonlari haqida izoh berishni istamasligini, lekin o‘g‘lini yaxshi ko‘rishi, ishonishi va uning kuchliligi uchun hurmat qilishini aytgan.
Hanter Baydenga qo‘yilgan ayblovlar
Sobiq advokat, lobbist va biznesmen Hanter Bayden 2018 yilda Colt Cobra.38 revolverini sotib olish uchun blankalarni to‘ldirayotganda giyohvand moddalarni iste’mol qilmasligi haqida yolg‘on gapirganlikda ayblangan. O‘sha yilning oktyabr oyida u giyohvand holatida 11 kun davomida qurol saqlagan. Bu holatda Hanter Bayden 25 yilgacha qamoq jazosi, shuningdek, 750 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin.
“11 kun davomida o‘qsiz qurolga ega bo‘lgan Hanter Bayden jamoat xavfsizligiga tahdid solmagan, ammo siyosiy bosimga berilib ketgan prokuror adliya tizimimizga jiddiy xavf solmoqda”, — deydi kichik Baydenning advokati.
Bu Qo‘shma Shtatlar tarixida amaldagi prezidentning farzandiga qarshi birinchi sud jarayonidir.
Hanter Baydenga nisbatan tergov 2018 yildan beri davom etmoqda. 2023 yilda u soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik va noqonuniy qurol saqlash aybini tan olishga rozi bo‘lgan. Sudgacha bo‘lgan kelishuv unga haqiqiy jazoni yengillashtirishga yordam berishi kerak edi. Okrug sudi sudyasi Mariellen Noreyka tegishli kelishuvni imzolashdan bosh tortgani uchun ayblov shartnomasi buzilgan. Shartnoma buzilganidan so‘ng Hanter Bayden aybini tan olishdan voz kechgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi