date
views 257

“Hizbulloh” Isroil shimolidagi harbiy inshootlarga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirdi

“Hizbulloh” Isroil shimolidagi harbiy inshootlarga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirdi
Foto: Reuters
“Hizbulloh” harakati Isroil shimolidagi harbiy inshootlarga 12 iyun kuni keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirgan. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, hujum “Hizbulloh” qo‘mondoni Isroil tomonidan o‘ldirilishiga javob tariqasida amalga oshirilgan. “Hizbulloh” janubiy qurolli qismlari rahbari Taleb Abdulloh Tel-Aviv kuchlarining Jouya punktiga hujumi oqibatida halok bo‘lgan edi.

Isroil rasmiylari hujumni tasdiqlagan. Livan hududidan Isroilning turli nuqtalariga keng ko‘lamda va tartibsiz ravishda snaryadlar uloqtirilgani ma’lum qilingan.

Livandan 90 ga yaqin snaryadlar uloqtirildi. Bir nechtasi tutib olingan, biroq ko‘pchiligi Isroil ichkarisida kelib urilgan. Qator shimoliy hududlarda yong‘inlar kelib chiqqan”, — deyilgan Isroil tomoni e’lon qilgan bayonotda.

Tel-Avivdagi manbalarga ko‘ra, “Hizbulloh” seriyali hujum tashkil etgan. Birinchi hujumda 90 ga yaqin, bir soatlik farq bilan tashkil etilgan ikkinchi hujumda esa 70 ga yaqin snaryad tashlangan.

Hujum oqibatida qurbonlar va halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot taqdim qilinmagan. Isroil harbiy inshootlari va mamlakat shimolidagi bazalariga yetkazilgan zarar ko‘lami haqida ham ma’lumot mavjud emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hizbulloh” Isroil shimolidagi harbiy inshootlarga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirdi