date
views 542

Ilon Mask o‘z kompaniyasidagi ayollarni jinsiy aloqa uchun ta’qib qilishda ayblab, sudga tortildi

Ilon Mask o‘z kompaniyasidagi ayollarni jinsiy aloqa uchun ta’qib qilishda ayblab, sudga tortildi
Foto: AP
Milliarder Ilon Mask o‘z kompaniyasidagi ayollarni jinsiy aloqa uchun ta’qib qilishda ayblab, sudga tortildi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Mask SpaceX kompaniyasida faoliyat yuritgan, o‘zidan 20 yosh kichik sobiq xodim bilan jinsiy yaqinlikda bo‘lib kelgan. Hozirda esa u jinsiy zo‘ravonlik ayblovi bilan sudga berilgan.

Sudga Ilon Mask o‘z xodimlarini jinsiy aloqa uchun ta’qib qilishi borasidagi bir qancha dalillar topshirilgan. 2014 yilda Maskning zavodida ishlagan xodima u bilan bir oy munosabatda bo‘lganini aytgan.

Ayol Ilon Mask bilan munosabatlari buzilgach, ishda muammolarga duch kelgan. So‘ngra u kompaniyani tark etgan. Vazifasidan ketishdan oldin Ilon Mask bilan sobiq ish faoliyati davomida ro‘y bergan hodisalarni muhokama qilishni taqiqlovchi shartnoma imzolagan.

SpaceX bosh ijrochi direktori 2013 yilda ham kompaniyasining boshqa bir ayol xodimiga munosabat taklif qilgan. Undan farzand ko‘rishni istashini ma’lum qilgan. Ayol taklifni rad etgach, Mask uning maoshini oshirishni taqiqlab qo‘ygan.

SpaceX rahbari hozircha ayblovlarga izoh berishdan bosh tortgan. Sud tekshiruvi davom etishini kutishini aytgan.

Los-Anjelesdagi shtat sudiga berilgan da’vo arizasida da’vogarlar Ilon Maskning X tarmog‘ida qoldirgan bir qator postlaridan iqtibos keltirgan. Ularda Ilon Mask ochiqchasiga behayo mazmundagi xabar qoldirgani aytilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask o‘z kompaniyasidagi ayollarni jinsiy aloqa uchun ta’qib qilishda ayblab, sudga tortildi