18:06 / 14.06.2024
680

Kelishgan qomati tufayli ishdan bo‘shatilgan Gollivud yulduzlarining yordamchilari

Kelishgan qomati tufayli ishdan bo‘shatilgan Gollivud yulduzlarining yordamchilari
Bu mashhurlar katta obro‘ga ega. Ammo ular xodimlari bilan ishlashda o‘zlarining haqiqiy qiyofalarini ko‘rsatadilar. Kimdir juda chiroyli bo‘lgani uchun yordamchini ishdan bo‘shatishi mumkin, boshqalari esa o‘z xodimining tashqi ko‘rinishi haqida qayg‘urmaydi.

Birga suratga tushgani uchun ishdan bo‘shatiladi

Teylor Sviftning tansoqchisiga Eras gastrolining so‘nggi shoularida qatnashish nasib qilmadi. Tansoqchi Kelvin Denker kulgili sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatiladi. U olomon orasidagi bir muxlisdan uni sahna yaqinida suratga olib qo‘yishini so‘raydi. Teylor ham bu kadrga tushib qolgan. Shartnoma shartlariga ko‘ra, u xonanda bilan suratga tushish huquqiga ega emasdi, shu sabab Denker ishdan bo‘shatiladi. Qo‘shiqchining butun treyklar ro‘yxatini yoddan bilishi ham unga yordam berolmaydi. Shunday bo‘lsa-da, u Sviftdan alamzada emas, o‘z aybini tan oladi.

Chiroyi tufayli ishini yo‘qotadi

2022 va 2023 yillarda Kayli Jenner Met Gala'ga italiyalik model Eujenio Kasnigi hamrohligida kelgan — u faqat yordamchi sifatida ishlagan. Ammo 2024 yilda Kasnigi Jenner bilan birga emasdi. Ma’lum bo‘lishicha, u kelishgan qomati bilan yulduzni ortda qoldirgani uchun ishdan bo‘shatilgan. Ballarning birida u tasodifan paparatssi fotosuratlariga tushib qoladi va ko‘plab qizlarning sevimlisiga aylanadi.

Munajjimlar bashorati tufayli hamkorlikni buzadi

Zahira raqqosa uchun kasting paytida Jennifer Lopes barcha sunbula burjidagi nomzodlardan qo‘llarini ko‘tarishlarini so‘raydi. Keyin ularning hammasini xonadan haydab chiqaradi. Xonandaning aytishicha, burji arslon bo‘lgan Jennifer sunbulalar bilan ishlolmaydi.

Eng yoqimtoy tansoqchi

Internetda Jennifer ishtirokidagi “Atlas” filmi premerasidan olingan video tarqaldi. Ba’zilar yulduzdan dastxat olish uchun saf tortgan bo‘lsa, boshqalari uning qo‘riqchisidan ko‘z uza olmadi. Kostyum-shimdagi qizning ismi Or Abraham. Foydalanuvchilar uning o‘tkir va yorqin yuz xususiyatlari tufayli Gal Gadotga o‘xshashligini aytishgan. Bo‘sh vaqtida Or jurnal muqovalariga suratga tushadi, qolgan vaqtda esa u Jenniferga ommaviy tadbirlarda hamrohlik qiladi. Ammo shu voqeadan keyin u ham ishdan bo‘shatiladi.

Paparatssi himoyasi

Mashhurlar faqat qizil gilamda erkin yurishadi. Ammo ular tashqariga chiqishlari bilanoq, muxlislar va jurnalistlar olomoni “hujumi”ga uchrashadi. Shuning uchun Bella Hadid o‘zi bilan bir nechta tansoqchisini olib yurishiga to‘g‘ri keladi. Ba’zida uning qo‘riqchilari shafqatsiz muomala qilishgacha borishadi.

Masalan, 2017 yilda Hadid Nyu-Yorkdagi shouga ketayotganida, xavfsizlik xodimlari uning yonida turgan muxbir qizning qo‘lini qayirib olib ketishadi. Shunda model baland ovozda “Unga tegmang! Unga yaqinlasha ko‘rmang!", — deb baqiradi. Keyinroq u jurnalistning holidan xabar oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kelishgan qomati tufayli ishdan bo‘shatilgan Gollivud yulduzlarining yordamchilari