08:52 / 15.06.2024
227

Ukraina Putinning urushni tugatish shartlarini rad etdi

Ukraina Putinning urushni tugatish shartlarini rad etdi
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning harbiy harakatlarni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini boshlash shartlarini «ishonib bo‘lmaydigan ultimatum» deb atadi. Bu haqda u 14 iyun, juma kuni Italiyaning Sky TG24 telekanaliga G7 sammiti chog‘ida ma’lum qildi.

«Bu ultimatum xabarlari avvalgilaridan farq qilmaydi», dedi Zelenskiy. Uning fikricha, RF «to‘xtamaydi». «Biz bu takliflarga ishonmasligimiz kerak», - deya uning so‘zlarini keltiradi Reuters.

Kiyev Rossiyaning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha shartlarida tinchlik taklifini ko‘rmayapti, dedi Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak. «Rossiyadan hech qanday yangi «tinchlik takliflari» yo‘q, faqat standart to‘plam aytildi, uning mazmuni juda o‘ziga xos, xalqaro huquq uchun o‘ta haqoratli. Rossiyaning amaldagi rahbariyati voqeliklarni adekvat baholashi kerak», - deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, takliflarda «yangilik yoki urushni tugatish istagi» yo‘q.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Litvinenko Financial Times gazetasiga bergan intervyusida RF shartlari Kiyev uchun nomaqbul ekanligini va Rossiya o‘z bayonotlari bilan muzokaralar olib borishni istamasligini ko‘rsatganini aytib o‘tdi.

Avvalroq Putin TIV rahbariyati bilan uchrashuvda Kiyev Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan to‘rtta hududidan qo‘shinlarini olib chiqib, NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortganini bildirsa va G‘arb sanksiyalarni bekor qilishga qaror qilsa, Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Putinning urushni tugatish shartlarini rad etdi