
Foto: Bild
Rossiya va Germaniyadan bir guruh olimlar “do‘zax eshiklari” deb ataluvchi Yakutiyadagi Batagayka termokarsti kengayayotganini aytdi. Ularning qo‘shma hisoboti Geomorphology jurnalida chop etildi.
Abadiy muzliklarning erishi va isish sababli yer cho‘kadi. 2014 yilda kraterning kengligi 790 metrni tashkil etgan bo‘lsa, hozir deyarli 1 kilometr, chuqurligi esa taxminan 100 metr. Teshik kengayishda davom etmoqda.
"Uning devorlaridagi tuproq tom ma’noda ko‘z o‘ngimizda erimoqda", — deyiladi xabarda.

Foto: Bild
Shu bilan birga, har yili abadiy muzlikdan atmosferaga 5 ming tonnagacha uglerod chiqariladi. Kraterning erishi va kengayish tezligi oshib bormoqda: 1990 yillarda u yiliga 7-10 metrni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda yiliga 30 metrgacha boradi.

Foto: Bild
Termokarst — yerosti muzlarining erishi natijasida tuproq va uning ostidagi jinslarning notekis cho‘kish jarayoni.
Global IsishSibir Do‘zaxBatagayka TermokarstAbadiy MuzlikAtmosfera UglerodKrater Kengayishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar