12:34 / 15.06.2024
159

Jozep Borrel: “Rossiya imperiyaviy ambitsiyalari sababli urush olib bormoqda”

Jozep Borrel: “Rossiya imperiyaviy ambitsiyalari sababli urush olib bormoqda”
Foto: “RIA Novosti”
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Rossiya imperiyaviy ambitsiyalari sababli urush boshlaganini aytib, Moskvaning o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilmaslik sababini tushuntirdi. Borrel hafta oxirida Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan Ukrainadagi tinchlik sammiti oldidan tegishli bayonotini e’lon qildi.

Diplomat sammit ishtirokchilar uchun xalqaro huquq hamda BMT nizomi asosida tinchlikning umumiy parametrlarini ishlab chiqish imkoniyatini berishini aytdi.

"Sammitda Rossiya bilan o‘zaro hamkorlikning bir qator amaliy masalalar: yadroviy xavfsizlikni qanday oshirish, asirlarni almashishni hal etish, Rossiyaga o‘g‘irlab ketilgan minglab ukrainalik bolalarning vataniga qaytishini ta’minlash ham muhokama qilinadi. Uzoq davom etgan yoki muzlatilgan mojaro butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorlikka tahdid soladigan surunkali beqarorlikni keltirib chiqaradi", — deydi siyosatchi.

U urush va uning natijalari nafaqat Ukraina, balki Yevropa xavfsizligi uchun ham ahamiyatli ekanini ta’kidlab, Rossiyaning shartlari asosida urushni to‘xtatmaslik sababini tushuntirdi.

“Putin oxirigacha kurashish niyatida”

Rossiyaning bosib olingan hududlarda repressiv rejimini saqlab qolishga imkon beradigan shartlar asosida o‘t ochishni to‘xtatish uning tajovuzkorligini rag‘batlantiradi, xalqaro huquqqa putur yetkazadi va Rossiyaning hududiy kengayishiga turtki bo‘ladi. 2022 yildan beri BMTning har bir hisobotida Ukrainaning bosib olingan hududlarida ukrainaliklarga nisbatan shafqatsiz repressiyalar va inson huquqlarining muntazam ravishda buzilishi haqida ko‘plab dalillar keltirilgan.

"Rossiya bu asossiz urushni o‘z xohishi bilan, imperiyaviy ambitsiyalari uchun, Ukraina esa zaruratdan, o‘zining yashash huquqini himoya qilish uchun urush olib bormoqda. Putin oxirigacha kurashish niyatida va urushni tugatishga shoshilmayapti", — ta’kidladi Borrel.
Siyosatchi Putinning elchilari dunyo bo‘ylab sayohat qilib, mamlakatlarni Shveysariyadagi Tinchlik sammitida qatnashmaslikka ishontirayotganini aytdi.

"Rossiya vijdonan muzokaralar olib borishga tayyor emasligi va sulhning har bir davridan qayta qurollanish va yana hujum qilish imkoniyati sifatida foydalanishi aniq. Rossiyaning tinchlik haqidagi bayonotlari shunchaki o‘zining begona hududlarni bosib olish uchun urushini qonuniylashtirishga qaratilgan yashirin urinishlardir", — deya ta’kidladi u.

Ukrainadagi urushni to‘xtatishda nimalarga e’tibor qaratiladi?

Shveysariya sammitiga Yaqin Sharq, Afrika va Lotin Amerikasidan 100 ga yaqin davlat va tashkilotlar ishtirok etadi, ular turli tinchlikka erishish takliflarini ko‘rib chiqadi.

"Bo‘lajak tinchlik muzokaralari uchun eng real asos Ukraina taklif qilgan 10 banddan iborat Tinchlik formulasi bo‘lib qoladi. BMT Nizomiga havola qilinmagan, Ukrainaning siyosiy suvereniteti, hududiy yaxlitligi va o‘zini-o‘zi mudofaa qilish huquqini hisobga olmagan har qanday takliflar aslida agressorni rag‘batlantiradi va Rossiyaning davlatlar chegaralarini kuch bilan o‘zgartirishga urinishlarini qonuniylashtiradi. Bunday takliflar uzoq muddatli tinchlikka olib kelmaydi. Putin vijdonan muzokaralar olib borishga tayyor emas ekan", — deydi Borrel.

U Yevropaning Ukrainaga harbiy yordamini davom ettirish tinchlikka erishish uchun diplomatik sa’y-harakatlar kabi muhim bo‘lib qolishini xulosa qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jozep Borrel: “Rossiya imperiyaviy ambitsiyalari sababli urush olib bormoqda”