14:21 / 15.06.2024
148

Rim papasi G7 rahbarlarini avtonom qurollardan foydalanishni taqiqlashga chaqirdi

Rim papasi G7 rahbarlarini avtonom qurollardan foydalanishni taqiqlashga chaqirdi
Foto: Getty Images
Rim papasi G7 yetakchilariga murojaat yo‘llab, avtonom qurollardan foydalanishni cheklashga chaqirdi. Bu haqda The Guardian manbasi xabar berdi.

Rim papasi Fransisk inson omilisiz harakatga keluvchi va qaror qiluvchi harbiy tizimlardan qochishga undagan. Mashinalar hech qachon insonning yashashi yoki o‘limi haqida qaror qabul qila olmasligi kerakligini uqtirgan.

Katolik olami rahnamosi, shuningdek, yetakchilarni harbiy sohada sun’iy intellekt joriy qilishning xavflari haqida ogohlantirgan. Qurollanish poygasini insoniyat uchun tahdidga aylantirmaslikka chaqirgan.

Foto: Getty Images
G7 kengashining kengaytirilgan sessiyasida Lotin Amerikasi, Afrika, Hindiston va Yaqin Sharq davlatlari rahbarlari ham ishtirok etib, papaning nutqini tinglashgan. Kengashdan so‘ng, papa Fransisk Argentina prezidenti Xaver Miley hamda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan ko‘rishgan.

Qurolli mojarolar yuzaga kelishi ehtimolini inobatga olib, “halokatli avtonom qurollar” kabi qurilmalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish masalasini qayta ko‘rib chiqish va oxir-oqibat ulardan foydalanishni taqiqlash kerak, — degan Rim papasi uchrashuvdan keyin bergan intervyusida.

Papa qaror qabul qila olish qobiliyati insonlarning o‘zida qolishi kerakligiga urg‘u bergan. Inson o‘z kashfiyoti ko‘rsatgan yo‘ldan yurmasligi kerakligini bildirgan.

Agar biz odamlarni o‘zlari va hayotlari haqida qaror qabul qilish qobiliyatidan mahrum qilsak, ularni mashinalar qaroriga bog‘lab qo‘ysak, biz insoniyatni umidsiz kelajakka mahkum qilgan bo‘lamiz”, — degan Rim-katolik cherkovi yetakchisi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rim papasi G7 rahbarlarini avtonom qurollardan foydalanishni taqiqlashga chaqirdi