![Germaniya kansleri: «Putinning gaplari jiddiy emas»](/uploads/posts/2024-06/a7cc1714da_920__95_3208011898.webp)
G7 yetakchilari Putinning Ukrainadagi urushni tugatish shartlari haqidagi fikrlarini muhokama qilishmagan.
Italiyada bo‘lib o‘tgan sammitda G7 yetakchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha takliflarini muhokama qilishmagan, chunki «hamma bu takliflar jiddiy emasligini bilardi», dedi Germaniya kansleri Olaf Shols.
Bugun Shveysariyada Ukrainaning «tinchlik formulasi» bo‘yicha ikki kunlik sammit bo‘lib o‘tadi. Ushbu sammitga yo‘l olgan Sholsning fikricha, Putinning kechagi chiqishi global tinchlik sammitidan e’tiborni chalg‘itish uchun qilingan.
«Hamma biladiki, bu takliflar jiddiy ahamiyatga ega emas», — dedi Germaniya kansleri.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kuni kecha Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini boshlashning asosiy shartlarini aytib o‘tgandi: unga ko‘ra Ukraina qo‘shinlari Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlaridan chiqib ketishi va Kiyev NATOga kirishdan bosh tortishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
![Pokistonda olomon Qur’onni tahqirlagan sayyohni yoqib yubordi расм](/uploads/posts/2024-06/xa1d8daa673_photo_2024-06-21_20-15-19-mw96ug8e.webp.pagespeed.ic.jfWCAF8OKU.webp)
Pokistonda olomon Qur’onni tahqirlagan sayyohni yoqib yubordi
![Uzoq umr ko‘rish uchun yordam beradigan 5 ta foydali odat расм](/uploads/posts/2024-06/xd51bbe8064_6673bbb313601.webp.pagespeed.ic.M3ng8x_jge.webp)
Uzoq umr ko‘rish uchun yordam beradigan 5 ta foydali odat
![Armaniston Falastin davlatini rasman tan oldi расм](/uploads/posts/2024-06/xd7c35c6765_photo_2024-06-21_13-12-24-ce04tzek.webp.pagespeed.ic.EEzGrggEjZ.webp)
Armaniston Falastin davlatini rasman tan oldi
![Kinorejissyor: “Jadidlarimizning mag‘rur va g‘olib qiyofalarini chizishimiz kerak” расм](/uploads/posts/2024-06/x2ed026ca9a_olew0bldnl6uhmmni3bq_q0blzbqq3xi.webp.pagespeed.ic.6e0nRvXHbT.webp)
Kinorejissyor: “Jadidlarimizning mag‘rur va g‘olib qiyofalarini chizishimiz kerak”
![Isroil ommaviy dafn marosimlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda расм](/uploads/posts/2024-06/x1601cd30ad_photo_2024-06-20_23-04-23-41dsk0tj.webp.pagespeed.ic.THvsDXB-AE.webp)
Isroil ommaviy dafn marosimlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda
![Isroil rasmiysi: “HAMASni yengib bo‘lmaydi” расм](/uploads/posts/2024-06/x8b667cff55_gett-heon1uhi.webp.pagespeed.ic.lZsMNE_Hd0.webp)
Isroil rasmiysi: “HAMASni yengib bo‘lmaydi”
![Janubiy Koreya Putinning KXDRga tashrifiga javob berdi расм](/uploads/posts/2024-06/x0700d936e8_920__95_3854926837.webp.pagespeed.ic.5U-DY0MHaC.webp)
Janubiy Koreya Putinning KXDRga tashrifiga javob berdi
![KXDR va Rossiya o‘rtasidagi yangi kelishuvda aynan nima deyilgan? расм](/uploads/posts/2024-06/xc04786f94f_qjzo_ci7spa-ygmw9no-dgjxdoqurqi4.webp.pagespeed.ic.FPLmaPGm4d.webp)
KXDR va Rossiya o‘rtasidagi yangi kelishuvda aynan nima deyilgan?