![Bollivud yulduzlari Sonakshi Sinha va Zahir Iqbol turmush qurmoqda](/uploads/posts/2024-06/6f04748673_sonakshi-sinha-wedding-invite-132738677-16x9_0-bxcju5el.webp)
Foto: India Today
Mish-mishlarga ko‘ra, 37 yoshli aktrisa Sonakshi Sinha va uning 35 yoshli qallig‘i, aktyor Zahir Iqbol 23 iyun kuni Mumbayda nikoh to‘yini nishonlaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, jurnal muqovasiga o‘xshash tarzda yaratilgan to‘y taklifnomalari egalariga allaqachon jo‘natilgan.
Taklifnomada juftlik fotosurati va atrofida “Mish-mishlar haqiqat edi”, “23 iyunda sizni kutib qolamiz” kabi so‘zlar va to‘y marosimi manzili bitilgan. Sonakshi va Zahir garchi birgalikda tushgan fotosuratlarini yashirmagan bo‘lsa-da, munosabatlarini hech qachon rasman tasdiqlamagan.
![](/uploads/posts/2024-06/4dddee1441_1718259510_sonakshi-1-sthshjau.webp)
Foto: Bollywood Hungama
Sonakshi Sinha va Zahir Iqbolning Bollivud olamiga kirib kelishiga taniqli aktyor Salmon Xon sabab bo‘lgan. Sonakshi 2010 yilda “Qo‘rqmas” (“Dabangg”) filmida debyut qilgan, Zahirning birinchi filmi esa 2019 yilda “Xotiralar kundaligi” (“Notebook”) bo‘lgan. Bo‘lajak er-xotin Double XL (2022) filmida birgalikda suratga tushishgan.
![](/uploads/posts/2024-06/5a7cc57c6b_01.webp)
Foto: The Indian Express
Sonakshining otasi aktyor va deputat Shatrugxan Sinha G‘arbiy Bengaliyadagi TMC (Trinamol Congress) partiyasi uchun saylovoldi tashviqoti bilan band bo‘lganligi sababli Zahir saylovlar tugashini kutdi. TMC partiyasi g‘alaba qozongach, ikki yosh to‘y taraddudlarini boshlab yubordi. Endilikda Bollivud yulduzlarini qo‘shaloq bayram kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
![Pokistonda olomon Qur’onni tahqirlagan sayyohni yoqib yubordi расм](/uploads/posts/2024-06/xa1d8daa673_photo_2024-06-21_20-15-19-mw96ug8e.webp.pagespeed.ic.jfWCAF8OKU.webp)
Pokistonda olomon Qur’onni tahqirlagan sayyohni yoqib yubordi
![Uzoq umr ko‘rish uchun yordam beradigan 5 ta foydali odat расм](/uploads/posts/2024-06/xd51bbe8064_6673bbb313601.webp.pagespeed.ic.M3ng8x_jge.webp)
Uzoq umr ko‘rish uchun yordam beradigan 5 ta foydali odat
![Armaniston Falastin davlatini rasman tan oldi расм](/uploads/posts/2024-06/xd7c35c6765_photo_2024-06-21_13-12-24-ce04tzek.webp.pagespeed.ic.EEzGrggEjZ.webp)
Armaniston Falastin davlatini rasman tan oldi
![Kinorejissyor: “Jadidlarimizning mag‘rur va g‘olib qiyofalarini chizishimiz kerak” расм](/uploads/posts/2024-06/x2ed026ca9a_olew0bldnl6uhmmni3bq_q0blzbqq3xi.webp.pagespeed.ic.6e0nRvXHbT.webp)
Kinorejissyor: “Jadidlarimizning mag‘rur va g‘olib qiyofalarini chizishimiz kerak”
![Isroil ommaviy dafn marosimlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda расм](/uploads/posts/2024-06/x1601cd30ad_photo_2024-06-20_23-04-23-41dsk0tj.webp.pagespeed.ic.THvsDXB-AE.webp)
Isroil ommaviy dafn marosimlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda
![Isroil rasmiysi: “HAMASni yengib bo‘lmaydi” расм](/uploads/posts/2024-06/x8b667cff55_gett-heon1uhi.webp.pagespeed.ic.lZsMNE_Hd0.webp)
Isroil rasmiysi: “HAMASni yengib bo‘lmaydi”
![Janubiy Koreya Putinning KXDRga tashrifiga javob berdi расм](/uploads/posts/2024-06/x0700d936e8_920__95_3854926837.webp.pagespeed.ic.5U-DY0MHaC.webp)
Janubiy Koreya Putinning KXDRga tashrifiga javob berdi
![KXDR va Rossiya o‘rtasidagi yangi kelishuvda aynan nima deyilgan? расм](/uploads/posts/2024-06/xc04786f94f_qjzo_ci7spa-ygmw9no-dgjxdoqurqi4.webp.pagespeed.ic.FPLmaPGm4d.webp)
KXDR va Rossiya o‘rtasidagi yangi kelishuvda aynan nima deyilgan?