date
views 119

Alisher Usmonov soxta xabarnomalar yuborgan Yevropa bankini sudga berdi

Alisher Usmonov soxta xabarnomalar yuborgan Yevropa bankini sudga berdi
© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov Frankfurt-Mayn viloyat sudiga Germaniyaning UBS Europe SE bankiga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi.

Matbuot bayonotida aytilishicha, 2018-2022 yillar davomida bank Germaniya bojxona bosh boshqarmasining moliyaviy monitoring bo‘limiga Usmonovning gumon qilingan shubhali operatsiyalari haqida o‘ndan ortiq “bema’ni va asossiz va ataylab tuzilgan yolg‘on xabarnomalar” yuborgan. Bank ixtiyorida mijozning jinoiy harakatini tasdiqlovchi hech qanday faktlar mavjud bo‘lmagan.

Bunday harakatlar bilan UBS nafaqat mijozga xizmat ko‘rsatish shartnomasini va bank siri me’yorlarini, mijoz ma’lumotlarining maxfiyligini buzgan, u haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan, shuningdek, bank mijoz umumiy huquqlarini qo‘pol ravishda buzib A.B.Usmonovning dunyoga mashhur xayriyachi va benuqson tadbirkor sifatidagi obro‘siga putur yetkazdi”, — deyiladi xabarda.

UBS bankining yolg‘on xabarlari asosida Germaniyada 2022 yilda Usmonovga nisbatan noqonuniy tekshiruvlar boshlangan. Tergov davomida Germaniyadagi Usmonovga tegishli deb hisoblangan ko‘chmas mulk va “Dilbar” yaxtasida tintuvlar o‘tkazilgan.

Bu tergov va tintuvlar OAVda batafsil yoritilgan va boshqa narsalar qatori Yevropa Ittifoqining Usmonovga nisbatan sanksiyalarini uzaytirish uchun foydalanilmoqda, deyiladi bayonotda.

Usmonovning UBS bankka nisbatan ishining ahamiyati bank xizmati shartnomasini va bank sirini oddiy buzish bilan chegaralanib qolmaydi, aslida UBS begunoh shaxsni noqonuniy jinoiy javobgarlikka tortishda qo‘zg‘atuvchi va sherik bo‘lgan”, - deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, 2015 yildan beri UBS bank Usmonovni mijoz sifatida jalb qilishga urinib, UBSga bildirilgan ishonch uchun “g‘urur va minnatdorchilik” izhor qilgan. O‘z vaqtida bank tomonidan tadbirkorning shaxsi, uning tijorat faoliyati va aktivlarining kelib chiqishi olti oy davomida tekshirilgan. Tekshiruvlar “noqonuniy harakatlar to‘g‘risida hech qanday dalil yoki ma’lumot" yo‘q degan xulosa bilan yakunlangan edi.

Avvalroq Alisher Usmonov Forbes jurnaliga qarshi sudda yutib chiqqan edi va Gamburg sudi jurnalning Usmonov haqidagi maqolasini haqiqatga zid deb topib, undan bayonotlar tarqatishni taqiqlagan edi.

Maqolada guyoki Usmonov Putinning buyurtmalarini bajargan deb yozilgan, lekin aslida bu bayonotlar sudda tasdiqlanmagan. Lekin Yevropa Ittifoqi OAVdagi soxta ma’lumotlar asosida Alisher Usmonovga qarshi baribir sanksiyalar kiritgan va ularni saqlab qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov soxta xabarnomalar yuborgan Yevropa bankini sudga berdi