23:27 / 19.06.2024
312

Kim Chen In Rossiyaning Ukrainaga hujumini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi

Kim Chen In Rossiyaning Ukrainaga hujumini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi
Foto: Kremlin.ru
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Rossiyani Ukraina bilan urushda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.

Putin Kimga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirgan va ikki davlat o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuv imzolagan.

"Yangi fundamental hujjat uzoq muddatli munosabatlarimiz asosiga aylanadi", — deydi Rossiya rahbari.

Putin KXDRga Rossiya siyosatini, shu jumladan Ukraina yo‘nalishida izchil va so‘zsiz qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan.

Kimning aytishicha, uning mamlakati Rossiya hukumati, armiyasi va xalqi bilan Ukrainada suverenitet, xavfsizlik manfaatlari va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishda to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va ular bilan birdam.

Avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken NATO rahbari Yens Stoltenberg bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda Shimoliy Koreya Rossiyaga Ukrainaga qarshi hujumda qo‘llash uchun katta miqdordagi o‘q-dorilar va boshqa qurollarni yetkazib berishini aytgan edi. U, shuningdek, Eron tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga qarshi qo‘llaniladigan qurol-yarog‘lar, jumladan, dronlar yetkazib berishini qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Rossiyaning Ukrainaga hujumini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi
ePN