11:40 / 21.06.2024
1 000

Rossiya ilk bor Ukrainaga 3 tonnali aviabomba tashladi (video)

Rossiya ilk bor Ukrainaga 3 tonnali aviabomba tashladi (video)
Foto: Videodan kadr
Rossiya armiyasi Ukrainadagi urushda birinchi marta FAB-3000 o‘ta og‘ir fugas aviabombasidan foydalandi. Bu haqda ochiq ma’lumotlar tahlili bo‘yicha Bild nashri eksperti Yulian Ryopke xabar berdi.

Rossiya ilk bor FAB-3000 M-54 UMPK (aviabombani boshqarish bo‘yicha rus modeli) bombasini Ukrainaga tashlab, Xarkov viloyatining Lipsi qishlog‘idagi “Yangi pochta” binosiga zarba berdi. Og‘irligi 3 tonna bo‘lgan bomba (jangovar kallak qismi 1,2 tonna) binodan 15 metr uzoqlikda qulagan, lekin baribir unga jiddiy zarar yetkazgan”, — deydi ekspert.

Yangi aviabombadan foydalanilganini Z-kanallar ham tasdiqlaydi. Fighterbomber Telegram kanali undan foydalanish jarayoni aks etgan videoni e’lon qilgan. Hujumda Ukraina qurolli kuchlari vaqtinchalik foydalanilayotgan 3 qavatli bino nishonga olingani aytilgan.

FAB-3000 bombasining to‘liq zarar yetkazish radiusi 230 metrni tashkil qiladi, bo‘laklari esa 1240 metr masofada ham o‘zining kuchini saqlab qoladi.

Rossiya 2022 yil Ukrainaga hujum boshlanganidan beri aviabombalardan faol foydalanmoqda. So‘nggi to‘rt oy ichida Rossiya harbiy samolyotlari Belgorod viloyati va Ukrainaning bosib olingan hududlariga 93 ta bomba tashlagan. Oxirgi holatlar 11 va 12 iyun kunlari sodir bo‘lgandi. O‘shanda Belgorod viloyatida beshta kuchli portlovchi aviatsion bomba aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya ilk bor Ukrainaga 3 tonnali aviabomba tashladi (video)
ePN