date
views 121

Tramp Amerikada o‘qiganlarga grin-karta bermoqchi

Tramp Amerikada o‘qiganlarga grin-karta bermoqchi
Foto: Reuters
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasi doirasida kollej bitiruvchilariga grin-kartalarni va’da qildi.

«Agar siz kollejni tamomlagan bo‘lsangiz, menimcha, diplom bilan birga o‘z-o‘zidan grin-kartali ham bo‘lishingiz kerak», — dedi Tramp All In podkastiga bergan intervyusida.

Tramp prezident saylovida g‘alaba qozonsa, AQSH kollejlarini tamomlagan barcha xorijliklarga mamlakatda yashash huquqini taqdim etmoqchi. Grin-karta olish sharti — ikki yoki to‘rt yillik oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplom.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Amerikada o‘qiganlarga grin-karta bermoqchi
-->