14:35 / 21.06.2024
206

BMT rahbari harbiy keskinlik sharoitida yangi xavfdan ogohlantirdi

BMT rahbari harbiy keskinlik sharoitida yangi xavfdan ogohlantirdi
Foto: Anadolu
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 20 iyun kuni harbiy keskinlik sharoitida kibermakondan qurol sifatida foydalanish ko‘payishi xavfidan ogohlantirdi. Bu haqda kotibning bayonotiga asoslanib, Anadolu nashri xabar berdi.

Guterrish bugungi davrda raqamli texnologiyalar katta kuchga aylanganini bildirgan. Davom etayotgan global harbiy mojarolarda kibermakondan qurol va vosita sifatida foydalanish ko‘lami bir necha barobar oshganini ta’kidlagan.

Raqamli yutuqlar iqtisodiyot va jamiyatlarni inqilobga yetaklamoqda. Shu bilan birga ular o‘zi bilan xavflarni olib kelmoqda,” — degan Antoniu Guterrish BMT Xavfsizlik Kengashining kiberxavfsizlik bo‘yicha oliy darajadagi sessiyada.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kibermakonning rivojlanishi odamlarni, muassasalarni va butun mamlakatlarni chuqur himoyasiz qoldirishi mumkin. Taraqqiy topgan davrda endilikda bu makondan hamma, har qanday maqsadda foydalanishi mumkin.

Kiber fazo eshiklarni keng ochdi. Bu eshikdan har kim o‘tishi mumkin” — degan BMT rahbari ortib borayotgan tahdidlarga munosabat bildirib.

BMT rahbari, shuningdek, davlat va nodavlat subyektlar, shuningdek, xalqaro jinoyatchilar tomonidan amalga oshirilayotgan kiberfaoliyatning tashvishli o‘sishi statistikasiga ishora qilgan. Bunday salbiy tendensiya kelgusida pul-moliya tizimi uchun tizimli muammolar yaratishi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT rahbari harbiy keskinlik sharoitida yangi xavfdan ogohlantirdi