20:30 / 21.06.2024
138

Yangi Zelandiyada ayol aeroportga olib bormagan yigitini sudga berib, 18 ming dollar talab qildi

Yangi Zelandiyada ayol aeroportga olib bormagan yigitini sudga berib, 18 ming dollar talab qildi
Foto: Getty Images
Yangi Zelandiyada ayol uni aeroportga olib bora olmagan sobiq yigitini sudga berdi. Bu haqda mamlakat mahalliy nashrlariga tayanib, BBC xabar berdi.

Ayol aytishicha, sobiq yigiti uni aeroportga olib bormagan. Oqibatda u parvozini o‘tkazib yuborgan va do‘stlari bilan konsertga bora olmagan.

Ayol o‘zaro kelishuvga ko‘ra yigiti uni konsert kunida aeroportgacha olib borishi, so‘ngra uyga qaytib, uning itlariga g‘amxo‘rlik qilishi kerak bo‘lganini aytgan. Ammo yigit bu og‘zaki kelishuvni bajarmagan.

O‘ziga yetgan zarar uchun ayol yigitidan 30,000 Yangi Zelandiya dollari (18 383 AQSH dollari) miqdorida mablag‘ talab qilgan. Ushbu mablag‘ o‘tkazib yuborilgan parvoz, qo‘shimcha xarajatlar, jumladan, konsertdan keyingi kundagi sayohat qilish uchun xarajatlarni qoplashi kerakligini aytgan.

Sobiq yigit ham ushbu da’volar ortidan sudga ariza kiritgan. Ular munosabat qurib kelgan 6 yil davomida sarflagan xarajatlarini undirib berishni so‘ragan. Undiriladigan summa yigitning advokatlari tomonidan hisoblab chiqilayotgani bildirilgan.

Sud ayolning arizasini ko‘rib chiqib, rad etgan. Ushbu da’voni qo‘llab-quvvatlovchi hech bir asos yo‘qligi bildirilgan.

Hamkorlar, do‘stlar va hamkasblar ijtimoiy kelishuvlar tuzadilar, ammo tomonlar o‘z va’dalarini amalga oshirish niyatini ko‘rsatadigan biror-bir boshqa qonuniy xatti-harakatni amalga oshirmasalar, da’vo qonuniy kuchga ega bo‘lishi dargumon”, — degan sud ishini ko‘rib chiqqan sudya Krisia Kovi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiyada ayol aeroportga olib bormagan yigitini sudga berib, 18 ming dollar talab qildi
ePN