08:41 / 23.06.2024
101

Italiyada 3 yil davomida kasallik ta’tilida bo‘lib, maosh olib yurgan firibgar fosh etildi

Italiyada 3 yil davomida kasallik ta’tilida bo‘lib, maosh olib yurgan firibgar fosh etildi
Foto: Google Images
Italiyada uch yil davomida kasallik ta’tilida bo‘lgan vaqtida pul olgan firibgar fosh etildi. Bu haqda Italiya moliya gvardiyasi xabar berdi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, erkak kasallik haqida soxta ma’lumotnoma taqdim etgan va uch yil davomida jami to‘qqiz kun ishlagan. U mamlakat shimolida uch marta ish joyini o‘zgartirgan. Har safar firibgar bir xil tasdiqlangan sxema bo‘yicha harakat qilgan.

U boshqa shahardagi maktab kotibiyatiga kelib, mehnat shartnomasini imzolagan va uch kunlik xizmatdan so‘ng tegishli mutaxassislar tomonidan berilgan yolg‘on tibbiy ma’lumotnomalarni jo‘natib, to‘liq xotirjamlik bilan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish uchun Reggio-Kalabriya provinsiyasiga uyiga qaytgan”, — deb xabar beradi Italiya moliya gvardiyasi.

Shu tariqa firibgar shartnoma bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan barcha to‘lovlarni olishga muvaffaq bo‘ladi, shuningdek, soliq organlari tomonidan tekshirishlardan qochishga ham erishgan. U hatto oylik maoshini oshirish uchun ballar ham to‘plagan.

Bu holatda erkakka besh nafar sherigi yordam bergan. Kasallik ta’tilida bo‘lgan vaqtida uzoq muddatga avtomobil ijarasi sohasida vositachilik faoliyati bilan shug‘ullangan, mamlakat ichkarisida va xorijga sayohat qilgan.

Uning uyidan Pordenone shahri prokuraturasi topshirig‘i bilan o‘tkazilgan tintuv natijasida 300 ming yevro naqd pul topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada 3 yil davomida kasallik ta’tilida bo‘lib, maosh olib yurgan firibgar fosh etildi